Jahon | 14:47 / 08.09.2021
12489
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning “Tolibon” bilan muammosi bor – Bayden

Baydenning fikricha, ayrim mamlakatlar toliblar bilan ma'lum bir kelishuvlarga erishishga urinmoqda.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati bilan kelishishga urinayotganini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uning fikricha, ayrim mamlakatlar toliblar bilan ma'lum bir kelishuvlarga erishishga urinmoqda.

“Xitoyning “Tolibon” bilan aniq muammosi bor. Chunki u toliblar bilan kelishishga urinmoqda. Xuddi Pokiston, Rossiya va Eron kabi. Ularning barchasi endi nima qilishni anglashga urinmoqda”, – dedi Bayden.

Qayd etilishicha, AQSh va uning “Katta yettilik”dagi ittifoqchilari toliblar bilan munosabatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olgan va AQSh toliblarning Afg‘oniston xalqaro rezervlariga egalik qilishlariga to‘siq qo‘ygan.

Ammo ekspertlarning fikricha, agar Xitoy, Rossiya yoki boshqa mamlakatlar toliblarga mablag‘ beradigan bo‘lsa, bunday iqtisodiy to‘siqlarning nafi bo‘lmaydi.

Avvalroq Xitoy Afg‘onistonning yangi hukumati bilan muloqotga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid