Koronavirus: Kunlik holatlar yana 700ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 687 kishida koronavirus, 159 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 7 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2021 yil 9 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 163108 (+687) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 72 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 20 nafari Andijon viloyatida,
- 11 nafari Buxoro viloyatida,
- 15 nafari Jizzax viloyatida,
- 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 16 nafari Namangan viloyatida,
- 69 nafari Samarqand viloyatida,
- 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 13 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 63 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 14 nafari Xorazm viloyatida,
- 109 nafari Toshkent viloyatida,
- 251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kunlik holatlar bir muddatlik pasayishdan keyin yana ko‘tarila boshladi - so‘nggi marta 3 sentabr kuni kunlik holatlar soni 700ga yaqin bo‘lgan, 7 sentabr kuni esa bu ko‘rsatkich 600dan ham pastga tushgandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 46 nafar,
- Andijon viloyatida 55 nafar,
- Buxoro viloyatida 12 nafar,
- Jizzax viloyatida 29 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
- Navoiy viloyatida 10 nafar,
- Namangan viloyatida 22 nafar,
- Samarqand viloyatida 90 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 70 nafar,
- Xorazm viloyatida 24 nafar,
- Toshkent viloyatida 105 nafar,
- Toshkent shahrida 233 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 155114 (+740) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 5 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1142 nafarni tashkil qilmoqda.
9 sentabr kuni 159 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 25115taga yetdi. Kecha bemorlarning 329 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 18955 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 200 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
11:40 / 13.12.2022