Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota farzandlari uchun 103 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida qarzdor ota ikki nafar farzandi uchun 103 million so‘m aliment to‘lab bergan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2014 yil 11 sentyabrdagi qaroriga asosan qarzdor M.S.dan undiruvchi N.R.ga ikki nafar farzandi moddiy ta'minoti uchun daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan ijro hujjati MIB Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdor ancha vaqtdan buyon aliment pullarini to‘lamasdan kelgani sababli aliment qarzi 103 million 892 ming so‘mni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Ulardan olingan ma'lumotlarga asosan qarzdor otaning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor M.S. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandlari ta'minotini o‘ylab, 103 million 892 ming so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi
16:17 / 02.11.2024