Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiyada katta yoshli aholining 90 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi
Irlandiya Yevropada eng yuqori vaksinatsiya ko‘rsatkichiga ega mamlakatga aylandi.
Irlandiyada 16 yoshdan katta aholining 90 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu haqda Euractiv nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Irlandiya Yevropada eng yuqori vaksinatsiya ko‘rsatkichiga ega mamlakatga aylandi.
Undan keyingi o‘rinlarda Malta, Daniya va Portugaliya turibdi.
Ma'lumot berilishicha, Irlandiyada 7,1 mln doza vaksina qo‘llangan. Aholining 93 foizi esa vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan.
Mamlakatda 22 oktyabrdan ko‘plab cheklovlar bekor qilinadi. Yaqin kunlarda esa irlandlar 18 oylik karantindan so‘ng o‘z ish joylariga qaytishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
11:08 / 06.03.2025
Irlandiya Kiyevga maxsus topshiriqli kuchlarni yuborishi mumkin
19:19 / 24.02.2025
Britanlar Irlandiya fuqaroligini olish uchun rekord darajada ariza berdi
19:00 / 25.01.2025