Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Starlink internet servisi oktyabrdan ishga tushishini ma'lum qildi
Hozirda Starlink Shimoliy Amerika, Yevropaning bir qismi, Yangi Zelandiya va Chili aholisiga xizmat ko‘rsatadi.
SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Starlink sun'iy yo‘ldosh internet servisi oktyabrda rasman ishga tushishini e'lon qildi. U bu haqda Twitter sahifasida yozdi.
Taxminlarga ko‘ra, kelasi oydan servis beta-sinov bosqichidan chiqariladi.
Engadget nashrining yozishicha, hozirda Starlink Shimoliy Amerika, Yevropaning bir qismi, Yangi Zelandiya va Chili aholisiga xizmat ko‘rsatadi.
Yaqin vaqt ichida servisdan Meksika va Yaponiyada ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Starlink sun'iy yo‘ldosh interneti to‘laqonli ishlashi uchun yer yaqinidagi orbitaga 12 mingta sun'iy yo‘ldoshni joylashtirish ko‘zda tutilgan. Bu taxminan 10 milliard dollarga tushadi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.04.2025
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
13:41 / 28.03.2025
Armaniston va Ummonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
13:19 / 10.03.2025
Mask: Starlink hech qachon Ukrainadagi o‘z terminallarini o‘chirib qo‘ymaydi
23:45 / 23.02.2025