AQShda koronavirusdan ispan grippidan ko‘ra ko‘proq odam vafot etdi
AQShda koronavirus qurbonlari soni 1918 yildan 1920 yilgacha davom etgan ispan grippi pandemiyasi vaqtidagidan oshib ketdi.
Financial Times nashrining xabar berishicha, AQShda koronavirus qurbonlari soni 675 mingdan oshdi. Bu taxminan, zamonaviy tarixdagi eng qirg‘inbarot pandemiya - ispan grippidan AQShda vafot etganlar soniga teng.
XX asr boshida “ispanka”dan o‘limlar hisobi aniq olib borilmagan, biroq taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra AQShda undan 675 ming kishi vafot etgan. Butun dunyo bo‘ylab esa ushbu kasallik 50 mlndan ko‘proq odamning “yostig‘ini quritgan”.
Ta'kidlanishicha, bu chegaradan AQShning janubiy, markaziy va g‘arbiy shtatlarida asosan emlanmaganlar orasida koronavirusdan og‘ir kasallanish holatlari ko‘payayotgan vaqtda o‘tildi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, “delta-shtamm” tarqalishi eng ko‘p jabr ko‘rgan shtatlardagi sog‘liqni saqlash tizimini tanazzulga uchratmoqda va AQShning iqtisodiy tiklanishini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Ularning ta'kidlashicha, himoya niqoblari, emlash va qayta emlash borasidagi siyosiy ziddiyatlar pandemiyaga qarshi kurashni qiyinlashtirmoqda va uning cho‘zilishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024