Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya bosh vaziri ilk bor 6 farzandi borligini tasdiqladi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson birinchi marta 6 nafar farzandi borligini tasdiqladi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
Avvalroq Britaniya OAVlari Jonsonning farzandlari nechtaligi borasida turli axborotlar tarqatgan. Uning o‘zi esa shaxsiy hayotini va farzandlarini muhokama qilmasligini aytib kelgan.
Jonson jurnalistlarning “Hozirda 6 farzandning otasi ekanligingizni tasdiqlaysizmi?” degan savoliga “Ha” deb javob bergan.
May oyida Jonson va uning qallig‘i Kerri Saymonds yashirin marosimda turmush qurishdi. Ular 2020 yil aprelda o‘g‘il farzand ko‘rishgan va hozirda ikkinchi farzandli bo‘lish arafasida turishibdi. Bundan tashqari, Jonsonning sobiq rafiqasi Marina Uilerdan 4 nafar katta yoshli farzandi, san'atshunos Xelen Makintayrdan nikohsiz tug‘ilgan bir qizi bor. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Britaniya bosh vaziri yana bir nafar nikohsiz tug‘ilgan farzandga ega.
Mavzuga oid
22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)
23:14 / 30.09.2024