Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusni boshdan o‘tkazganlarga foydali mahsulotlar ma'lum qilindi
Ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Kseniya Chernaya koronavirusni boshdan o‘tkazganlarning tezda tiklanishiga yordam beruvchi oziq-ovqat mashulotlari haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, kasallikdan keyin organizmning tiklanish sur'atlari ovqatlanishga ham bog‘liq bo‘ladi.
“Koronavirusni boshdan o‘tkazganlar surunkali toliqish, xotira va diqqat-eʼtiborning yo‘qolishi, sochlar to‘kilishi, oshqozon-ichak yo‘lidagi muammolar, dori-darmon qabul qilish sababli oshqozonda kislota miqdorining pasayishi hamda hid va ta'm o‘zgarishidan shikoyat qiladilar”, deb aytgan mutaxassis.
U ovqat hazm qilish tizimini tiklash uchun ratsiondan shakar va glyuten saqlovchi mahsulotlarni chiqarib tashlashni tavsiya qilgan. Shuningdek, sut va sut-qatiq mahsulotlari iste'molidan tiyilish lozim.
Bundan tashqari, sog‘ayishni sabzavotlar, to‘q yashil rangdagi mevalar, ko‘katlar va rezovar mevalar tezlashtiradi.
Mutaxassis, shuningdek, zarchavaga e'tibor qaratishni va o‘zini yaxshi holatda saqlash uchun tabletkalar ko‘rinishidagi vitaminlarni iste'mol qilishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin
12:20 / 04.02.2025