Jahon | 19:25 / 24.09.2021
3390
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada barcha karantin cheklovlari bekor qilinadi

Norvegiya Jamoat sog‘lig‘ini saqlash institutining ma'lumot berishicha, mamlakat aholisining 76 foizga yaqini koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasini qabul qilgan, aholining 67 foizi esa to‘liq emlangan.

Norvegiya hukumati 25 sentyabrdan barcha karantin qoidalari va cheklovlarini bekor qiladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Norvegiya bosh vaziri Erna Solbergning ma'lum qilishicha, endilikda ijtimoiy masofa saqlash talab qilinmaydi, tungi klublar ochilib, restoranlar odatiy ish faoliyatiga qaytadi.

“Norvegiyada eng qat'iy choralar kiritganimizdan buyon 561 kun o‘tdi. Endi odatiy turmush tarziga qaytish vaqti keldi”, – dedi u.

Bu cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha to‘rt bosqichli rejaning so‘nggi qismi hisoblanadi. Ammo ushbu qadam kasallanish darajasi sababli bir necha bor ortga surilgandi.

“Qisqa qilib aytganda, endi odatdagidek yashaymiz”, – dedi Solberg.

Norvegiya Jamoat sog‘lig‘ini saqlash institutining ma'lumot berishicha, mamlakat aholisining 76 foizga yaqini koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasini qabul qilgan, aholining 67 foizi esa to‘liq emlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid