Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO keskinlik ortishi fonida Kosovoda qo‘riqlash ishlarini kuchaytirdi
Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi munosabatlar avtomobillar davlat raqamlari ortidan keskinlashdi.
NATO xalqaro tinchlikparvarlik missiyasi qo‘mondonligi (KFOR) Serbiya bilan munosabatlar keskinlashishi fonida Kosovodagi patrullar sonini va davomiyligini oshirdi. Bu haqda Tanjug nashri xabar berdi.
“KFOR butun Kosovo hududidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va o‘z mandatini amalga oshirishga e'tibor qaratgan. KFOR butun Kosovo bo‘yicha patrullar soni va davomiyligini oshirdi”, – deyiladi qo‘mondonlik xabarida.
Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi munosabatlar avtomobillar davlat raqamlari ortidan keskinlashdi. Kosovo hukumati Serbiya davlat raqamlarida harakatlanuvchi avtomobillarni o‘tkazmaslikni va ularning egalaridan raqamlarni Kosovo davlat raqamlariga almashtirishni talab qildi.
Bu talabdan norozi bo‘lgan etnik serblar Yarine va Brnyak chegara-o‘tkazuv punktlarini to‘sib qo‘ydi. Oqibatda Kosovo hukumati chegara hududiga politsiya maxsus kuchlarini jo‘natdi. Bunga javoban Serbiya o‘z qo‘shinlarini jangovar shay holatga keltirdi.
Kosovo 2008 yilda Serbiyadan ajralib chiqqanini e'lon qilgan. Uni AQSh va Yevropaning ko‘plab davlatlari tan olgan. Belgrad Kosovo mustaqilligini tan olmay kelmoqda.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025