Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev demokratik jarayonlar haqida gapirdi
Namanganlik saylovchilar bilan uchrashgan O‘zLiDep nomzodi, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev demokratiya bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
“Men uchrashuvga kelishdan oldin namanganlik tadbirkorlar bilan uchrashdim. Yoshgina tadbirkor yigit hozirgacha 100 ta ish o‘rni yaratganini, kelajakda bu ko‘rsatkichni 1000 taga yetkazish niyatida ekanini bildirdi. Endi bu yoshlarni ortga qaytarib bo‘lmaydi.
Mana biz qilgan islohotlar, mana demokratiya. Ko‘pchilik demokratiyani turlicha talqin qiladi. Men uchun demokratiya xalqimiz tinchligi, farovonligi, teng huquqliligi. Albatta, demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi. Mana, Afg‘onistondagi holat hammamizga saboq bo‘lishi kerak.
Afg‘onistondagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Chegaraga daxl qilishga hech kimga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki O‘zbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar”, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarga qarata.
Mavzuga oid
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:51 / 08.03.2025