Jahon | 14:52 / 27.09.2021
7381
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi eng yirik aviako‘rgazma ochiladi

Unda 40dan ortiq mamlakat hamda aerokosmik va harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 700ta kompaniya ishtirok etadi.

Foto: EUTERS/Alex Lee

Xitoy dunyodagi eng yirik aerokosmik ko‘rgazma ochilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi Reuters.

Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro aviatsion va aerokosmik ko‘rgazma 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha Chjuxay shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, unda 40dan ortiq mamlakat hamda aerokosmik va harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 700ta kompaniya ishtirok etadi.

Aviasalonda Xitoy o‘zi ishlab chiqargan harbiy va transport samolyotlarini namoyish etishni rejalashtirgan.

Harbiy sharhlovchi Sun Chjunpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy G‘arb tarafidan kuchayib borayotgan tahdidlarga duch kelayotgani sababli o‘z harbiy-sanoat, aviatsion va aerokosmik salohiyatini takomillashtirishi zarur.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid