Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google foydalanuvchilari reklama ko‘rishga majbur bo‘ladi
Reklama materiallarini bloklovchi plaginlar tayyor daromaddan mahrum qilib, kompaniyaga zarar keltirmoqda.
Google kompaniyasi reklamalarni bloklovchi plaginlarni taqiqlamoqchi. Buning uchun Chrome brauzerini yangi platforma – Manifest v3’ga ko‘chirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Securitylab.
Ma'lum bo‘lishicha, Manifest V2 spetsifikatsiyasiga muvofiq yaratilgan Chrome kengaytmalari 2023 yilning yanvaridan ishlashni to‘xtatadi. Shundan so‘ng brauzer faqatgina Manifest v3 kengaytmalarini qo‘llab-quvvatlaydi, buning natijasida sozlamalarning funksiyalari sezilarli darajada cheklanadi va reklamalarni bloklovchi plaginlar o‘z samarasini yo‘qotadi.
NoScript, uBlock Origin uMatrix singari kengaytmalarni ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, interfeys ruxsat bergan filtrlar hatto eng oddiy dasturiy ta'minot uchun ham yetarli bo‘lmaydi. Bu shuni anglatadiki, Google’da reklamalardan qochish bundan buyon imkonsiz. Korporativ mijozlargagina reklamalarni bloklash imkoniyati taqdim etilishi mumkin.
«Bir necha yil davomida ishlab chiqilgan Manifest V3 avvalgisidan ko‘ra xavfsizroq,samaraliroq va maxfiylik nuqtayi nazaridan yanada ishonchliroq», – deb ta'kidlaydi Chrome kengaytmalari va Chrome Web Store internet do‘koni mahsulotlari bo‘limi menejyeri Devid Li.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025