Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi joriy yilning 4-5 oktabr kunlariga rejalashtirilgan. Tashrif sanalari kecha, 1 oktabr kuni ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi majlis yuzasidan bo‘lib o‘tgan ko‘rsatuvda ma'lum qilingan.
Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy o‘sish dinamikasi ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Shuningdek, madaniy sohada ham hamkorlik rivojlanib, ayni kunlarda O‘zbekistonda turkman kinosi kunlari o‘tkazilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Gurbanguli Berdimuhamedovning rasmiy tashrifi doirasida Toshkent shahrida Turkmaniston-O‘zbekiston iqtisodiy forumi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5 avgust kuni Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanboshi shahriga tashrif buyurgan edi.
Avvalroq, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi kutilayotgani xabar berilgandi.
“Yaqinda do‘stimiz, hurmatli Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Turkmanistonlik do‘stlarimiz bilan birga “Tuyamo‘yin” gidrouzelining “Sulton Sanjar” dambasini mustahkamlash hisobiga 1 milliard kub metr qo‘shimcha suv zaxirasi yaratiladi”, – degandi prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025