FVV Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 6 oktabr kuni kuzatiladigan ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Foto: YHXBB videosidan kadr
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 6 oktabr kunning ikkinchi yarmida A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek vaqti-vaqti bilan tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +1,+4 daraja, kunduzi +4,+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan vazirlik haydovchilardan dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Mavzuga oid

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

13:49 / 02.04.2025
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi

21:37 / 07.03.2025