Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida 4ta mashina YTHga uchradi
Bugun, 6 oktabr kuni soat 6:20larda Qamchiq dovonining 199-kilometrida «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, «Spark» ortidan kelayotgan «Jyentra», «Kobalt» va «Jyentra» rusumli avtoulovlar ham yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
«Qamchiq» MQYoQB qutqaruvchilari, tez tibbiy yordam, yo‘l-patrul xizmati, «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar jarohat olgan fuqarolarni avtomashinalar ichidan chiqarib olishgan.
«Spark» avtomobili salonida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lib, yo‘lovchi tan jarohati olgan, shuningdek, «Kobalt» avtoulovi haydovchisi o‘ng qo‘l sinishi bilan Angren shahar markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Qolgan avtoulovdagi yo‘lovchi va haydovchilar yengil tan jarohati olgani sababli ularga shu joyning o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Avtomobil haydovchilari noqulay ob-havo sharoitini inobatga olmay, tezlikni oshirib haydashi oqibatida ushbu yo‘l-transport hodisasi yuz bergan, deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan ob-havo sharoitini hisobga olib harakatlanishni, belgilangan qoidalarga amal qilishni, tuman tushgan va muzlamali yo‘llarda oraliq masofani saqlab yurishni so‘ragan.
Avvalroq, Qamchiq dovonida qor yog‘ayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:57 / 09.01.2025
Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi
16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi
14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi
15:34 / 03.11.2024