Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden reytingi rekord darajada pastladi
AQSh prezidenti Jo Baydenning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash reytingi 38 foizgacha tushib ketdi. Ta'kidlanishicha, bu u Oq uy rahbari lavozimini egallayotgandan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunday ma'lumotlarni Kvinnipek universiteti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga tayanib Usa Today nashri ma'lum qildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Baydenning faoliyatini 38 foiz amerikaliklar ma'qullaydi, 53 foizi salbiy baholaydi. Ta'kidlanishicha, 3 hafta avval ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 42 va 50 foizni tashkil qilgan.
Yangi ma'lumotlar respublikachi-respondentlarning 94 foizi, demokratlarning esa bor-yo‘g‘i 10 foizi Baydenning faoliyatini ma'qullamasligini ko‘rsatgan. O‘zini ushbu siyosiy kuchlardan birortasiga mansub deb bilmaydigan boshqa amerikaliklar orasida 60 foizi Oq uy rahbarining faoliyatini salbiy, 32 foizi ijobiy baholagan.
Bundan tashqari, so‘ralganlarning 67 foizi prezidentning AQSh janubiy chegarasidagi migrantlar masalasidagi siyosatidan qoniqmasligini bildirgan, 23 foizi uni ma'qullagan.
Baydenga Afg‘oniston mavzusi hamon “og‘riqli nuqta” bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning 28 foizi Oq uyning bu masaladagi siyosatini qo‘llab-quvvatlagan, 50 foizi esa AQSh Afg‘onistonda muayyan sonda qo‘shin qoldirishi kerakligini, 15 foizi esa harbiylarni umuman olib chiqish kerakmasligini aytgan. Amerikaliklarning 72 foizi AQSh iqtisodiyotidan ma'lum darajada qoniqish bildirgan.
Ta'kidlanishicha, so‘rovnomada AQShning 1326 fuqarosi ishtirok etgan, u 1-4 oktyabr kunlari o‘tkazilgan.
Avgust oyida Baydenning reytingi amerikalik harbiylarning Afg‘onistondan olib chiqilishi va u yerda hokimiyat tepasiga toliblar kelishi ortida 53 foizdan 46 foizgacha tushib ketgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025