Jahon | 22:14 / 11.10.2021
5210
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh talabi bilan Belarusning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi yopiladi

Avvalroq Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Minsk AQShga elchi nomzodini belgilagani, ammo uni Qo‘shma Shtatlarga jo‘natishdan ma'no ko‘rmayotganini aytgandi.

Foto: TASS

Belarusning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi yopiladi. Bu haqda konsulxona saytida xabar qilindi.

“Amerika tomonining talabi bilan Belarus Respublikasining Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi 2021 yil 21 oktyabrdan faoliyatini to‘xtatadi”, – deyiladi xabarda.

Ma'lumot berilishicha, konsullik okrugi hududida yashovchi Belarus fuqarolari konsullik harakatlari bo‘yicha Belarusning Vashingtondagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Sentabr boshlarida Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Minsk AQShga elchi nomzodini belgilagani, ammo hozirgi sharoitda uni Qo‘shma Shtatlarga jo‘natishdan ma'no ko‘rmayotganini aytgandi.

O‘z navbatida, AQShning Minskdagi elchixonasi respublikadagi diplomatik missiyasini qisqartirishini ma'lum qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid