Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro shahrida «tibbiyot shaharchasi» tashkil etiladi - Shavkat Mirziyoyev
Buxoro viloyatida 422 ming nafar aholining surunkali kasalligi bor. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Viloyatda tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida, Buxoro shahrida ilmni amaliyot bilan birga olib boradigan “tibbiyot shaharchasi” tashkil etiladi.
Bunda viloyatning 10 ta tibbiyot muassasasi bilan birga, Buxoro tibbiyot institutining eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan klinikasi barpo etiladi. Bu yerda neyroxirurgiya, onkologiya va kardioxirurgiya yo‘nalishlarida maxsus bo‘limlar ochiladi hamda mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Homilador ayollar va chaqaloqlarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish uchun esa G‘ijduvon, Romitan, va Qorako‘lda perinatal markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Birlamchi bo‘g‘inda 40 yoshdan oshgan 500 mingdan ziyod aholi diabet, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar bo‘yicha manzilli tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi.
Kelgusi besh yilda yana 14 ta oilaviy shifokorlik punkti va 6 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi, 100 ta tibbiyot muassasasi to‘liq ta'mirlanadi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025