O‘zbekiston | 13:45 / 12.10.2021
688
1 daqiqa o‘qiladi

Qorako‘l xalqaro matematika maktabi negizida IT klasteri barpo etiladi 

Joriy yilda oliygohlarga kirish bo‘yicha Buxoro viloyati yetakchi bo‘ldi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Foto: Yuz.uz

“Bu borada Qorako‘l tumani yanada baland ko‘rsatkich bilan mamlakatimiz tuman va shaharlari orasida birinchi o‘rinni egallagani e'tiborga sazovordir. 

O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi marhum To‘xtamurod Jumayev asos solgan “Qorako‘l metodikasini” barchamiz yaxshi bilamiz. 

Endi, ushbu tizim imkoniyatlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun Qorako‘l xalqaro matematika maktabi negizida Ay-Ti klasteri barpo etiladi. 

Shu orqali sohada ta'limdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yaxlit zanjir yaratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid