Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
90 yoshli kanadalik aktyor New Shepard kemasida fazoda bo‘lib qaytdi
Amerikalik milliarder Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi ishlab chiqqan New Shepard kemasi 4 nafar fazoviy sayyoh bilan birga parvoz qildi. E'tiborlisi, fazoga yo‘l olgan sayyohlar orasida “Yulduzli yo‘l” (Star Trek) filmlari va serialida Enterprise yulduzlararo fazoviy kemasi sardori rolini ijro etgan 90 yoshli kanadalik aktyor Uilyam Shetner ham bo‘lgan.
Ta'kidlab o‘tish joiz, Shetner ushbu parvozdan keyin fazoda bo‘lgan tarixdagi eng keksa odamga aylandi.
Kema ekipaji tarkibiga aktyordan tashqari, Blue Origin’ning parvozlar bo‘yicha vitse-prezidenti Odri Pauers, NASA koinot agentligining sobiq muhandisi va Planet Labs kompaniyasi asoschilaridan biri Kris Boshuayzen hamda Fransiyaning Dassault Systemes kompaniyasi vitse-prezidenti Glen de Vri ham kirgan.
Kema AQShning sharqiy sohilbo‘yi vaqti bilan soat 10:50 da Texas g‘arbidagi Van-Xorn shahrida joylashgan Corn Ranch parvoz maydonidan fazoga ko‘tarilgan. Kema parvozi 11 daqiqa davom etgan, so‘ngra u yerga qaytgan. Kema taxminan 105 km balandlikka, ya'ni Yer atmosferasi va fazo o‘rtasidagi shartli chegara hisoblanuvchi Karman chizig‘i (100 km)dan biroz yuqoriroqqa ko‘tarilgan va u yerda 3 daqiqacha qolgan.
Bu kemaning ikkinchi parvozi hisoblanadi. 20 iyulda Jyeff Bezos 3 nafar hamroh bilan birga kemada suborbital parvozni amalga oshirgandi.
Ta'kidlanishicha, New Shepard’da fazoviy sayohat narxi 500 ming dollarga baholanadi.
Turistik parvozlar uchun mo‘ljallangan New Shepard kemasi 18 metrlik bir pog‘onali raketa-tashuvchi va 6 kishiga mo‘ljallangan kapsuladan iborat. Kemani yaratish ustidagi ishlar 2006 yilda boshlangan. U suborbital parvozni amalga oshirgan birinchi amerikalik fazogir Alan Shepard sharafiga shunday nomlangan.
Mavzuga oid
20:54 / 14.04.2025
Blue Origin faqat ayollardan iborat ekipaj bilan suborbital parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
01:29 / 26.02.2025
Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
22:17 / 23.12.2021
Xitoylik tadbirkor 28 million dollarga fazoga uchish huquqini qo‘lga kiritdi
21:20 / 27.09.2021