Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi maktablardan birida noma'lum shaxs otishma sodir etdi
Hodisa guvohining so‘zlariga ko‘ra, u uzoq vaqt maktab oldida turgan, havoga bir necha marta o‘q uzgan va qochib ketgan.
Moskvadagi maktablardan biri hududida kamuflyaj kiygan erkak avtomatdan o‘q uzdi, deb xabar berdi «112» Telegram kanali.
Hodisa guvohining so‘zlariga ko‘ra, u uzoq vaqt maktab oldida turgan, havoga bir necha marta o‘q uzgan va qochib ketgan. Xabar qilinishicha, hech kim jabrlanmagan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari uni qidirmoqda.
Mash Telegram kanalining xabar berishicha, voqea 1260-maktab oldida sodir bo‘lgan.
Sentyabr oxirlarida Omskda maktabda portlash uyushtirishga tayyorlangan 15 yoshli o‘quvchi qo‘lga olingandi. Politsiya uni Permdagi universitetga qilingan hujumdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish chog‘ida hibsga olgan – aniqlanishicha, o‘quvchi o‘z rejasi haqida may oyida ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
07:41 / 10.05.2025