Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hakerlar ovozni klonlashtirish yordamida bankdan 35 million dollar o‘g‘irladi
BAAdagi banklardan birining mijozi hakerlar sababli 35 mln dollardan mahrum bo‘ldi. Oddity Central nashrining yozishicha, hakerlar erkakning ovozini o‘xshatib, bank menejyerini aldashga muvaffaq bo‘lishgan.
Ta'kidlanishicha, BAAdagi banklardan birining boshqaruvchisi telefoniga qo‘ng‘iroq qilingan va go‘shakning narigi tomonida bankning ancha yillik mijozi ovozi yangragan.
Mijoz o‘z kompaniyasi yirik shartnoma tuzgani va shu sababli bank uning hisobraqamidan ko‘rsatilgan hisobraqamga pullarni iloji boricha tezroq o‘tkazib berishi kerakligini aytgan. Bank boshqaruvchisini yanada ishontirish uchun uning elektron pochtasiga bitim haqida huquqshunos tomonidan tasdiqlangan hujjatlar yuborilgan.
Boshqaruvchi mijozning ovozini yaxshi tanigani uchun hech qanday ikkilanishsiz pullarni aytilgan hisobraqamga o‘tkazib bergan. Biroq bir necha kundan keyin bankda aldanganlarini tushunib yetishgan. Aniqlanishicha, jinoyatchilar o‘g‘rilikni amalga oshirishda ovozni klonlashtirish texnologiyasidan foydalanishgan.
Tergov davomida mijozning pullari AQShdagi bir nechta hisobraqamlariga sochib yuborilgani aniqlangan. Ta'kidlanishicha, politsiyaga ayni vaqtda faqat shugina ma'lum.
Politsiyachilarning fikricha, jinoiy sxemaga butun dunyo bo‘ylab tarqalgan kamida 17 kishi aralashgan. Bu esa ularni izlashni yanada qiyinlashtiradi.
Mavzuga oid
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025