Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Frank Vandenbruk COVID-ruxsatnomalardan foydalanishni kengaytirish, jamoat joylarida majburiy niqob taqishni qaytarish va masofadan ishlashni majburiy qilishga chaqirdi.
Belgiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini ma'lum qildi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yaqin vaqt ichida mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sishi kutilmoqda.
"Raqamlar unchalik yaxshimas. Biz to‘rtinchi to‘lqinda turibmiz. Yaqin kunlarda raqamlar keskin o‘sishini ko‘ramiz. To‘rtinchi to‘lqin bilan kurashishga tayyor bo‘lishimiz kerak", - dedi sog‘liqni saqlash vaziri Frank Vandenbruk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlarini majburiy emlash masalasi hali ham hukumat kun tartibida turibdi.
Shuningdek, Vandenbruk COVID-ruxsatnomalardan foydalanishni kengaytirish, jamoat joylarida majburiy niqob taqishni qaytarish va masofadan ishlashni majburiy qilishga chaqirdi.
Belgiyada koronavirus yuqtirganlar soni 1 mln 300 mingga yaqinlashgan, 25,8 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
17:43 / 03.12.2024