O‘zbekiston | 21:15 / 21.10.2021
4071
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston konsuli Tataristondagi vatandoshlarni saylovda qatnashishga chaqirmoqda

O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsuli Faridin Nasriyev Rossiyadagi vatandoshlarni O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etishga chaqirdi.

Foto: O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsulxonasi

Konsulning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagi o‘zbekistonliklar saylov kuni – 24 oktyabrda ovoz berish uchun O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasiga tashrif buyurishlari mumkin.

Shuningdek, konsulxonada 14 oktyabrdan boshlab muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Foto: O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsulxonasi
Foto: O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsulxonasi
Foto: O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsulxonasi

Bizga taqdim etilgan videoda Tataristonning Nijnekamsk shahridagi 196 metrlik televizion stansiyada O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashishga chaqiriqni ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun 50dan ortiq xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarda ham saylov uchastkalari tashkil etilgan.

Mavzuga oid