Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mashina olib qochgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tanishining mashinasini olib qochgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Dehqonobod tumani «Buston» MFYda yashovchi X.K. 102 orqali IIBga murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, 2021 yil 18 oktyabr tunda tumanning «O‘zbekiston» MFYda yashovchi J.D. X.K.ning uyiga mehmonga kelib, yotib qolgan. So‘ng, tunda hamma uxlab yotganidan foydalanib, Nexia mashinasini va bir dona bahosi 500 ming so‘m bo‘lgan telefon apparatini yashirin ravishda olib qochib ketgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Nexia mashinasi shu kuni soat 11:30 larda Dehqonobod tumani «Ayridevol» MFYdan texnik soz holda topilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:51 / 05.11.2024
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
18:54 / 24.02.2024
Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
15:13 / 24.02.2024
Dehqonobod tumaniga 4 oy hokimlik qilgan Akrom Sulaymonov lavozimidan ozod qilindi
19:54 / 26.10.2023