Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi josuslikda ayblanib qamoqqa olindi
Turkiyada «siyosiy yoki harbiy josuslik»da ayblanib, 6 kishi hibsga olindi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi
Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan «siyosiy yoki harbiy josuslik» jinoyati bo‘yicha o‘tkazilgan tergov doirasida 8 oktabr kuni 6 kishi hibsga olindi. Ularning to‘rt nafari Rossiya, biri Ukraina va yana biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ma'lum qilingan. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlarning barchasi siyosiy va harbiy josuslikda ayblangan. Shu sabab ularga 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Gumonlanuvchilar Istanbuldagi Maltepe qamoqxonasida saqlanmoqda.
Nashrda hibsga olinganlarning ism-familiyalari keltirilgan: rossiyaliklar Abdulla Abdullayev, Ravshan Ahmedov, Beslan Rasayev va Aslanbek Abdulmuslimov, Ukraina fuqarosi Igor Yefrim va O‘zbekiston fuqarosi Amir Yusupov.
Shuningdek, gumonlanuvchilar josuslikdan tashqari Turkiyada qurolli harakat tayyorlash va chechen muxolifatchilariga hujum uyushtirishda ham ayblanmoqda.
Mavzuga oid
21:46 / 25.05.2025
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
20:52 / 15.05.2025