Jahon | 22:51 / 26.10.2021
2505
1 daqiqa o‘qiladi

Albaniyada 300dan ko‘proq odam ichimlik suvdan zaharlandi

Foto: Getty Images

Albaniyaning Kruya shahri aholisi orasida ommaviy zaharlanish yuz berdi. Hozirda 320 kishi shifokorlarga murojaat qilgan. Ularda ichburug‘, qayt qilish, isitma, qorinda og‘riqlar kuzatilmoqda, deb xabar berdi Albanian Daily news nashri.

Ommaviy zaharlanish holatlari 24 oktyabrda boshlangan. Mahalliy politsiya ushbu hodisa yuzasidan tergov guruhi tuzib, uni shifoxonaga jo‘natgan. Guruh voqea tafsilotlarini o‘rnatish ustida ish olib bormoqda. Taxmin qilinishicha, odamlar zaharlanishiga ichimlik suvi sabab bo‘lgan. Suv namunalari poytaxt Tiranadagi Jamoat salomatligi institutiga tekshirish uchun yuborilgan.

Shuningdek, Kruyaga mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Ogerta Manastirliu yetib kelgan.

Albaniya prezidenti Ilir Meta ommaviy zaharlanish yuzasidan xavotir bildirgan va uning sabablarini tezkorlik bilan aniqlashga chaqirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid