O‘zbekiston | 07:25 / 26.10.2021
5212
2 daqiqa o‘qiladi

Ilmiy darajaga ega muzey xodimlari maoshi oshirildi

Foto: Berdaq nomidagi muzey

Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.

Davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari, uy muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlarning quyidagilarga ega ma'muriy-boshqaruv xodimlari, ijodiy xodimlari va mutaxassislari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:

  • fan doktori ilmiy darajasiga yoki fan doktori (Doctor of Science) yoki xorijiy davlatlarning ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lganlarga - 2,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi;
  • fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy davlatlarning ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lganlarga - 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.

Davlat madaniyat muassasalari 2021 yil 1 yanvardan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari o‘zgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab to‘lanishini ta'minlash topshirildi.

Mavzuga oid