Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr agentligining funksiyalari kengaytirildi
Kadastr agentligi direktori tomonidan "Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq qabul qilindi.
"Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning turlari quyidagilarga bo‘linadi: umumdavlat ahamiyatiga molik ishlar; maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlar.
Ro‘yxatning nomi yangi tahrirda qabul qilindi: DSQ huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar ro‘yxati.
DSQ huzuridagi Kadastr agentligiga quyidagi umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish topshirildi:
- sun'iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini ta'minlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma'lumotlarni) yaratish;
- davlat fundamental gravimetrik tarmog‘idan va 1-sinf davlat gravimetrik tarmog‘idan iborat davlat gravimetrik tarmog‘ini yaratish;
- gravimetrik zichlashtirish tarmoqlarini qurish yo‘li bilan davlat gravimetrik tarmog‘ini rivojlantirish;
- davlat gravimetrik tarmog‘i punktlarini tadqiq etish va tiklash;
- kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish;
- ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni olib borish;
- geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish.
Mavzuga oid
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
10:37 / 17.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi
16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi
11:26 / 25.03.2025