Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»ni vaqtincha boshqaradigan murabbiy nomi ma'lum qilindi
«Barselona» klubi rahbariyati jamoaning yaqin oradagi o‘yinlarida klubni boshqaradigan murabbiy nomini e'lon qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Ronald Kuman o‘rniga jamoada bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib Serxi Barxuan tayinlangan. Ispaniyalik 49 yoshli mutaxassis bungacha «Barselona B» jamoasini boshqarayotgan edi.
Klub yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qilgunga qadar, Barxuan «Barselona»da ushbu lavozimda faoliyat yuritadi.
Avvalroq, «Barselona» klubi Qatarning «As-Sadd» jamoasi bosh murabbiyi Xavi bilan kelishuvga erishgani, kataloniyaliklar sobiq futbolchisi noyabr oyidagi FIFA kunlaridan so‘ng «Barsa» bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi haqida xabar qilingan edi.
Serxi Barxuan 1993-2002 yillar davomida «Barselona» sharafini himoya qilgan. Kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi bungacha «Rekreativo», «Almeriya», «Malorka» va Xitoyning «Chjetszyan Grintaun» klubini boshqargan.
Ma'lumot uchun, «Barselona» 30 oktabr kuni La Liga doirasida «Alaves»ni qabul qilsa, 2 noyabr kuni YeChL 4-turi doirasida Kiyevda «Dinamo»ga qarshi o‘ynaydi. Barxuan ushbu bahslarda jamoani boshqaradi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025