Florida shtati Baydenni sudga berdi
AQShning Florida shtati AQSh prezidenti Jo Baydenni, NASA koinot agentligini va Oq uy ma'muriyatidagi qator mansabdor shaxslarni bir qator toifadagi fuqarolarni koronavirusga qarshi majburiy emlash talabi uchun sudga berdi. Bu haqda shtat gubernatori Ron Desantis brifingda ma'lum qildi.
Sudga shikoyat arizasini Florida bosh prokurori Eshli Mudi va Ron Desantis topshirgan. Hujjatda NASA va boshqa agentliklar Florida bilan ko‘plab shartnomalar tuzishi, shtat bilan amaldagi kelishuvlarga egaligidan foydalanib, Bayden ma'muriyatining noqonuniy talablarini shtatga suqishtirishga intilishi aytilgan.
Shuningdek, jurnalistlar oldida Floridaning majburiy emlanish talabi sababli o‘z ishidan mahrum bo‘lgan yoki emlanishdan bosh tortganlik uchun o‘z ishini yo‘qotishdan xavotirlanayotgan aholisi ham ishtirok etgan.
AQSh prezidenti yozda ijrochi hokimiyatning barcha xodimlari koronavirusga qarshi emlanishini talab qiluvchi farmonni imzolagan. Sentyabrda esa u federal agentliklarga ishlovchi barcha pudratchi kompaniyalar o‘z xodimlarining 8 dekabrgacha to‘liq emlanishini ta'minlashi kerakligi haqidagi yana bir farmonni chiqargan.
Florida shtati rahbariyatining fikricha, aholidan majburiy emlanishni talab qilish noqonuniy hisoblanadi. Shtat gubernatorining ta'kidlashicha, AQSh fuqarolari, jumladan shtat aholisi ham emlanish borasida o‘zi mustaqil qaror qabul qilishi kerak. U odamlarni emlanishga majburlash jamiyatda hukumatga nisbatan ishonchsizlik darajasi oshishiga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Bayden sobiq prezident Donald Trampni uning prezidentligi vaqtida aholini emlash sur'atlari past bo‘lgani uchun tanqid qilgandi. Oq uy rahbarining ta'kidlashicha, Tramp vaqtida vaksinalar ishlab chiqilib, emlash kampaniyasi boshlangan bo‘lsa-da, bor-yo‘g‘i 2 mln kishi emlangan, uning prezidentligi vaqtida esa hozirgi kungacha 190 mlndan ko‘proq kishini emlashga muvaffaq bo‘lindi.
Mavzuga oid
13:17 / 25.11.2024
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024