Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiyaning yana ikkita universiteti filiali ochiladi
Joriy yil 27 oktabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 22-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligida o‘tkazildi.
Kun tartibi doirasida ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorligi kabi keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Rossiya universitetlarining 15 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yil 1 oktabr kuni VGIK (Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti) filiali ochildi.
Yaqin kelajakda yana ikkita universitet Kosigin nomidagi Dizayn universiteti va texnologiya universiteti hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universitetining filiallari ochilishi kutilmoqda. Shu nuqtayi nazardan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va taraqqiyot sohasidagi hamkorlik qilish hamda ta'lim forumi, media-forum, Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari va boshqa qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlarni aks ettiruvchi yakuniy bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025