Surxondaryoda o‘zaro janjal paytida uka akasini pichoqlab jarohat yetkazdi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘zaro janjalda uka akasini pichoqlab og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 13 oktabr kuni soat 18:30 larda Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi K.S. akasi K.S. bilan yashash uyi hovlisida o‘zaro janjallashib qolgan. So‘ng uni oshxona pichog‘i bilan o‘ng qorin sohasiga bir marotaba sanchib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 14 oktabr kuni Jarqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan K.Sanjarga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

16:15
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi

17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025