Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aslonov ikkinchi bosqichdan ham o‘tdi, Nodirjon Mirzahmedov chorak finalda
O‘zbekistonlik bokschilarning yana ikki nafari g‘alabaga erishib, turnirdagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
Serbiya poytaxti Belgradda boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun, 30 oktabr kuni hamyurtlarimiz ishtirokidagi dastlabki jangda Nodirjon Mirzahmedov JChdagi debyutini o‘tkazdi.
-48 kg vaznli bokschi Nodirjon Mirzahmedov JChdagi ilk jangini irlandiyalik Rikki Nesbittga qarshi o‘tkazdi va g‘alabaga erishib, chorak finalga yo‘llanma oldi.
Uning keyingi bosqichdagi raqibi qozog‘istonlik Temur Tasjusupov bo‘ladi.
-80 kg vaznda o‘zbekistonlik Odiljon Aslonov 2-bosqichda (1/16 final) italiyalik Simone Fiori bilan jang qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi va 1/8 finalga yo‘l oldi.
Aslonov saralashdagi raqibi ringga chiqmagani uchun avtomatik ravishda keyingi bosqichga o‘tgandi.
U keyingi bosqichda amerikalik Robbi Gonsalesga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston boks jamoasi turnirga 13 nafar bokschi bilan yo‘l olgan. Bungacha Odiljon Aslonov va Nodirjon Mirzahmedovdan tashqari, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (ikkita jang), Saidjamshid Ja'farov, Lazizbek Mullajonov, Shahobiddin Zoirov, Madiyar Saidrahimov va Abdumalik Halokov o‘z janglarida g‘alaba qozonib, ishtirokini davom ettirmoqda, Hasanboy Do‘smatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G‘iyosov musobaqani erta tark etdi.
Bugun yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
- -63,5 kg. Mujibullo Tursunov - Tayga Imanaga (Yaponiya) (21:55dan so‘ng)
- -75 kg. Saidjamshid Ja'farov - Yuito Marivaki (Yaponiya) (23:30dan so‘ng).
Mavzuga oid
17:25 / 02.11.2021
Boks. Nodirjon Mirzahmedov chorakfinalda qozog‘istonlik bokschiga mag‘lub bo‘ldi
11:31 / 02.11.2021
O‘zbekistonlik bokschilarning yarmidan ko‘pi jahon chempionatidan chiqib ketdi. Bugun 6 bokschi yarimfinal uchun jang qiladi
01:19 / 02.11.2021
Boks bo‘yicha JCh. Mujibillo Tursunov chorakfinalda, Odiljon Aslonov amerikalik raqibiga yutqazib qo‘ydi
23:57 / 26.10.2021