Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronlik mansabdor shaxs mamlakatdagi yonilg‘i inqirozida AQSh va Isroilni aybladi
Eronning fuqaro mudofaasi tashkiloti rahbari, mamlakatning kiberxavfsizlik sohasiga mas'ul G‘ulomrizo Jaliliy joriy haftada Eronda yuz bergan yonilg‘i inqirozida AQSh va Isroilni aybladi. Inqiroz yonilg‘i ta'minoti tizimiga kiberhujum oqibatida yuz bergan.
Shu bilan birga, u tergov hali yakunlanmaganini qo‘shimcha qilgan.
“Biz sud ekspertizasi tomondan hali buni aniq ayta olmaymiz. Biroq tahlillarning ko‘rsatishicha, bu hujum sionistik rejim, amerikaliklar va ularning josuslari tomondan amalga oshirilgan”, deb aytgan Jaliliy davlat televideniyesiga bergan intervyuda.
Kiberhujum oqibatda Eronning turli qismlaridagi AYoQShlarda muammolar vujudga kelgan. Ta'kidlanishicha, hujumdan maqsad yonilg‘i bo‘yicha subsidiyalar beruvchi hukumat tarmoqlarini izdan chiqarish bo‘lgan.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy hujum mamlakatda tartibsizliklar uyushtirishga qaratilganini aytgan.
Ushbu kiberhujum Eronda 2019 yil noyabrda yuz bergan norozilik namoyishlarining 2 yilligi arafasida sodir etilgan. O‘shanda yonilg‘i narxining oshishi noroziliklarga va politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan. OAVning ma'lum qilishicha, o‘sha namoyishlarni bostirish vaqtida yuzlab odamlar o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025