Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas'ud Tojikistondaligi ma'lum qilindi
29 oktyabr kuni Tojikiston OAV Dushanbada Afg‘oniston milliy qarshilik fronti ofisi ochilishi, hozirda ofis binosida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergandi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi bu borada ma'lumotga ega emasligini ma'lum qildi.
“Tolibon”ga qarshi kurashayotgan Afg‘oniston milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas'ud hozirda Tojikistonda. Bu haqda front vakili Kabir Vosiq ma'lum qildi.
“Hozirda Ahmad Mas'ud Tojikistonda bo‘lib turibdi, ba'zan Afg‘onistonga o‘tib, mamlakatning turli hududlaridagi qarshilik otryadlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda”, – dedi u.
Vosiqning so‘zlariga ko‘ra, Mas'ud “Tolibon”ga qarshi kurashda boshqa mamlakatlarning qo‘llab-quvvatloviga erishishga urinmoqda.
“Mas'ud mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyatni toliblarga qarshi kurashish zarurligiga ishontirishga harakat qilmoqda. U e'tiborni tortish va qo‘llab-quvvatlovga erishish uchun turli mamlakatlarga bormoqda”, – dedi u.
29 oktyabr kuni Tojikiston OAV Dushanbada Afg‘oniston milliy qarshilik fronti ofisi ochilishi, hozirda ofis binosida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergandi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi bu borada ma'lumotga ega emasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025