O‘zbekiston | 09:43 / 02.11.2021
23868
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berdi 

Su-30SM samolyotlari, Mi-35M vertolyotlari va raketa tizimlari yetkazib berilgan.

Dmitriy Shugayev / Foto: RBK

Rossiya 2021 yilda O‘zbekiston va Qozog‘istonga harbiy mahsulotlar, jumladan, samolyotlar va raketa komplekslarini yetkazib berdi. Bu haqda Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev RBK’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Masalan, 2021 yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonga Su-30SM samolyotlari, Mi-35M vertolyotlari, Buk-M2E zenit-raketa komplekslari, BTR-80 va BTR-82A zirhli transportyorlarni yetkazib berdik. Shuningdek, bu davlatlarga Orlan-10Ye ko‘p funksiyali uchuvchisiz uchar qurilmalari, Tayfun-K yengil zirhli transport vositalari, o‘qotar qurollar ham yetkazildi», dedi Shugayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy-texnik hamkorligi pandemiya sharoitida ham rivojlanmoqda. 

«2022 yil boshiga mo‘ljallangan shartnomalarni joriy yilda bajarish uchun ma'lum harakatlar qilindi. Shunday qilib, biz muvozanatni saqlab qoldik», deya aytib o‘tgan Shugayev. 

Avvalroq, O‘zbekiston armiyasi harbiy salohiyat bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallagani xabar berilgandi

Mavzuga oid