Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Hindistonning koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi
JSST ko‘rsatmasiga muvofiq, vaksina 18 yoshdan kattalarga to‘rt hafta oraliqda ikki doza kiritiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Bharat Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi Covaxin vaksinasidan favqulodda tartibda foydalanishga ruxsat berdi.
Ekspertlar vaksina «koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha JSST standartlariga mos kelishi»ni bildirgan.
JSST ko‘rsatmasiga muvofiq, vaksina 18 yoshdan kattalarga to‘rt hafta oraliqda ikki doza kiritiladi.
Bharat Biotech yozda koronavirusga qarshi ishlab chiqargan vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlarda 77,8 foiz samaradorlik ko‘rsatganini ma'lum qilgandi.
Avvalroq ushbu vaksinadan foydalanishga Braziliya va Hindistonda ruxsat berilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025