Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistonda xorijiy valutadan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi
“Tolibon” hukumati Afg‘onistondagi og‘ir iqtisodiy vaziyat sababli xorijiy valutani qo‘llashni taqiqlab qo‘ydi. Harakat vakili Zabihulla Mujohidning ta'kidlashicha, mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat va milliy manfaatlar barcha afg‘onlar oldi-sotdida milliy valuta – afg‘oniydan foydalanishini talab qilmoqda.
“Islom amirligi barcha afg‘onlarga, do‘konlar egalariga, tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda faqat afg‘oniydan foydalanishni va xorijiy valutani ishlatmaslikni buyuradi”, deb yozgan Twitter’da Mujohid.
Farmonga ko‘ra, qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi. “Xorijiy valutaning qo‘llanishi iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda va bunday yo‘qotishlar mamlakatning har bir kishisiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi”, deb qo‘shimcha qilgan “Tolibon” vakili.
Avvalroq Tolo News telekanali Afg‘oniston markaziy banki AQSh dollarini tejash maqsadida xorijdan pul o‘tkazmalarini faqat milliy valutada berish haqidagi farmonni qabul qilgan. Shuningdek, bank 6 oktyabrda mamlakatdagi barcha savdo operatsiyalari faqat milliy valutada amalga oshirilishi kerakligi haqidagi qarorni qabul qilgan. O‘shanda ta'kidlanganidek, ushbu chora mamlakat ichidagi valuta operatsiyalariga taalluqli bo‘lib, xalqaro savdoni qamrab olmaydi.
Toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallagach, xorijiy banklar AQSh ko‘rsatmasi bo‘yicha Afg‘onistonning xorijiy aktivlarini muzlatib qo‘ygandi, Jahon valuta jamg‘armasi, Jahon banki va Yevropa ittifoqi esa Afg‘onistondagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatgandi. Bundan tashqari, AQSh Afg‘onistonga dollar yetkazishni to‘xtatgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025