Jahon | 20:18 / 04.11.2021
9797
1 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts dunyoni bioterrorizm xavfi haqida ogohlantirdi

Uning fikricha, bu virus tarqalishidan ham yomonroq oqibatlarga olib keladi.

Foto: Reuters

Microsoft asoschisi, milliarder Bill Geyts dunyoni nafaqat yangi pandemiyalar, balki biologik qurol orqali amalga oshiriladigan ehtimoliy terrorchilik hujumlariga ham tayyor turishga chaqirdi, deb yozadi BBC.

Uning fikricha, bu virus tarqalishidan ham yomonroq oqibatlarga olib keladi.

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, bunday tahdidlarga qarshi turish uchun epidemiologik xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar uchun milliardlab dollar sarflash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.

«Tabiiy epidemiyalar va bioterrorizm oqibatida yuzaga keladigan epidemiyalar mavjud. Ikkinchisi, bugun boshimizdan kechirayotgandan ham yomonroq bo‘lishi mumkin», — dedi milliarder.

U Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini epidemiologik vaziyatni kuzatuvchi maxsus ishchi guruh tuzishga chaqirdi. Mutaxassislar bioterrorchilar hujumlarini qaytarish va hujum oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Mavzuga oid