Jahon | 20:10 / 04.11.2021
4639
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi dori ma'qullandi

Dori bemorlarga kuniga ikki mahaldan beriladi.

Foto: MERCK

Buyuk Britaniya dori vositalari regulyatori COVID-19dan davolash uchun Merck kompaniyasining “Molnupiravir” dorisidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.

"Bugun mamlakatimiz uchun tarixiy kun, sababi, Buyuk Britaniya COVID-19ga qarshi uyda qabul qilish mumkin bo‘lgan preparatni ma'qullagan dunyodagi birinchi davlatga aylandi", - dedi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Sojid Jovid.

Uning qayd etishicha, davolash immun tizimi zaif bemorlar uchun "o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi".

Dori bemorlarga kuniga ikki mahaldan beriladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, “Molnupiravir” dorisining uchinchi klinik sinovlar bosqichida uni qabul qilgan bemorlarning atigi 7 foizini shifoxonaga yotqizishga to‘g‘ri kelgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid