Jahon | 23:13 / 04.11.2021
7089
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada 8 kilogrammlik kartoshka topildi

Yangi zelandiyalik fermerlar Kolin va Donna Kreyg-Braun o‘z tomorqasida rekord kattalikdagi kartoshkani aniqladi va uni Ginness rekordlar kitobiga kiritish uchun ariza berdi.

Foto: AP

Juftlik dastlab kartoshkani tryufel qo‘ziqorini deb o‘ylagan. Ular ulkan kartoshkani “maxluq kartoshka” deb atashgan.
 
Kartoshka tortilganda 7,9 kg tosh bosgan. Uni aravachada tashishga to‘g‘ri kelgan.
 
Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, bungacha yetishtirilgan eng katta kartoshka 5 kg atrofida bo‘lgan. Rekord kattalikdagi kartoshka Britaniyada 2011 yilda aniqlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid