Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyaning yangi hukumatini muxolif alyans yetakchisi shakllantiradi
Chexiya prezidenti Milosh Zeman yangi hukumatni shakllantirishni o‘ng sentristik alyans Spolu (Birgalikda) yetakchisi, bosh vazir lavozimiga nomzod Petr Fialaga topshirishini ma'lum qildi.
Muxolif alyans Spolu Chexiyada oktyabrda o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongandi. Chexiya prezidenti 6 noyabrda Fiala bilan onlayn uchrashuv o‘tkazishini ma'lum qilgan.
Zemanning aytishicha, u yangi hukumatni shakllantirishni hozirda bosh vazir vazifasini vaqtincha bajarayotgan Andrey Babishga taklif qilgan, biroq u buni rad etgan.
Chexiya prezidenti hukumat imkoni boricha tezroq shakllantirilishi uchun barcha ishni qilishga va'da bergan.
10 oktyabrdan beri Pragadagi markaziy harbiy gospitalda davolanayotgan Zeman Babish bilan telefon orqali suhbatlashgan va unga joriy hukumat vakolatlari muddati tugaganini ma'lum qilgan.
Zeman deyarli bir oydan beri shifoxonada qolmoqda. 4 noyabrda u shifoxonaning jonlantirish bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazilgan. Unga qo‘yilgan tashxis haqida aniq ma'lumot berilmayapti. Shifoxona rahbariyati vakilining ta'kidlashicha, Chexiya prezidentining shifoxonaga yotqizilishiga ovqatlanish rejimi buzilgani tufayli qo‘zg‘agan surunkali kasallik sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
13:50 / 05.05.2025