Jahon | 16:37 / 08.11.2021
5124
2 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt hukumati iste'foga chiqish uchun ariza berdi

Qayd etilishicha, iste'foga parlament va vazirlar mahkamasi, boshqacha qilib aytganda, yoshlar va keksalar o‘rtasidagi munosabatlarda davom etayotgan inqiroz sabab bo‘lgan.

Foto: Al Jaber Al Saba

Shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh boshchiligidagi Kuvayt hukumati iste'foga chiqishni so‘rab mamlakat amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga ariza berdi. Bu haqda Al Qabas gazetasi xabar bermoqda.

“Bir necha daqiqa avval hukumat yig‘ilishi tugadi. Vazirlar iste'foga chiqishni so‘rab mamlakat oliy siyosiy rahbariyatiga ariza berdi”, – deya manba so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.

Ushbu qarorning sabablari ma'lum qilinmagan.

Qayd etilishicha, iste'foga parlament va vazirlar mahkamasi, boshqacha qilib aytganda, yoshlar va keksalar o‘rtasidagi munosabatlarda davom etayotgan inqiroz sabab bo‘lgan. O‘tgan yili dekabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida 50 o‘rindan iborat parlament tarkibi 60 foizga yangilangandi. Yanvardayoq deputatlar bosh vazir Saboh Xolid al-Hamad as-Sabohni vazirlik lavozimlariga malakasiz shaxslarni tanlaganlikda ayblab chiqqandi.

13 yanvarda vazirlar mahkamasi bir oy ham faoliyat ko‘rsatmasdan iste'foga chiqqan, martda esa yangi hukumat shakllantirilgandi.

Mavzuga oid