Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatiga bankir emas, soliqchi hokim bo‘ladi
Navoiy viloyatiga Xalq banki raisi Shuhrat Atabayev hokim bo‘lishi haqidagi xabar tasdiqlanmadi, viloyat rahbarligiga Normat Tursunov kelmoqda.
Ayni vaqtda xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilmoqda.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, viloyat hokimi o‘zgarib, Qobul Tursunov o‘rnini Normat Tursunov egallaydi.
Normat Tursunov muqaddam Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2017-2018 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan, 2018 yil iyunidan buyon Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan oldinroq, bir necha manbalar 2016 yildan buyon Navoiy viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Qobul Tursunov lavozimidan ozod etilishi va uning o‘rniga Xalq banki boshqaruvi raisi Shuhrat Atabayev yangi hokim etib tasdiqlanishi kutilayotgani haqida xabar bergandi. Ammo bu xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025