O‘zbekiston | 12:01 / 08.11.2021
20183
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda 

Bugun va ertaga respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

O‘zbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi, buning hisobiga Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Kechasi sovuq bo‘ladi, havo harorati 0-5 daraja iliq, shimolda 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kuni esa harorat 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

10 noyabrda nam havo massasi shimoli-sharqiy tomonga qarab harakatlanadi va respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha ba'zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

11-13 noyabrda respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat noyabr oyi o‘rtalari uchun bo‘lgan me'yoriy qiymatlargacha - 15-18 daraja iliqqacha, janubda esa 20-21 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Mavzuga oid