Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston toliblari va mamlakat hukumati o‘zaro sulh imzoladi
O‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bir oylik kelishuv 9 noyabrdan kuchga kirdi va tomonlarning kelishuviga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Pokiston hukumati va mamlakatdagi Tahriqi Tolibon Pokiston (TTP) guruhi Afg‘onistonning yangi hukumati vositachiligida o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.
Afg‘onistonning Reporterly nashri TTP vakili Muhammad Xurosoniyga tayanib xabar berishicha, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bir oylik kelishuv 9 noyabrdan kuchga kirdi va tomonlarning kelishuviga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Sulh Pokiston delegatsiyasi TTP vakillari uchun Afg‘onistonga borganidan so‘ng ikki hafta o‘tgach imzolandi.
Qayd etilishicha, Islomobod va pokistonlik toliblar o‘rtasida muzokaralarni yo‘lga qo‘yish va sulh tuzishda Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniy vositachilik qilgan.
Afg‘oniston nashri TTPni “Tolibon”ning “mafkuraviy egizagi” deb atagan. Ushbu guruh 2007 yilda tuzilgan bo‘lib, pushtun jangarilaridan tashkil topgan.
Pokiston tinchlik muammolari instituti ma'lumotlariga ko‘ra, TTP jangarilari o‘tgan yili 95 ta teraktni amalga oshirgan, buning oqibatida 140 ga yaqin inson halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi
17:40 / 13.05.2025