Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkent tumanida «Lada» avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent viloyati Parkent tumani hududida Y.T. boshqaruvidagi «Lada» rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXB ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 10 noyabr kuni soat 11:55 larda Parkent tumani «Yangibozor Parkent-Krasnogorsk» avtomobil yo‘lining 38-kilometrida 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi Y.T. boshqaruvidagi «Lada» rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan. Mazkur hodisa yuzasidan Parkent tumani FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda, barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo‘lishlari so‘raladi.
Mavzuga oid
15:47 / 04.03.2025
Toshkent viloyatidagi bog‘cha xodimi bolalarni gimnastika tayoqchasi bilan urdi
18:14 / 20.06.2024
Toshkent viloyatida “Damas” yonib ketdi
15:50 / 08.04.2024
Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
17:57 / 26.09.2023