Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada emlanmaganlarga qarshi lokdaun kiritiladi
Avstriya hukumati koronavirusga qarshi emlanmagan barcha fuqarolarga nisbatan qat'iy cheklovlar kiritmoqchi. Mamlakat kansleri Aleksandr Shallenbergning ma'lum qilishicha, hukumat hududlar rahbarlari bilan muhokamadan keyin bunday choralarni 14 noyabrdan kiritishni mo‘ljallamoqda.
Kansler aholining emlangan uchdan ikki qismi qolgan emlanmaganlar “kasriga qolmasligi kerakligini” aytgan va umummilliy lokdaun kiritilishi g‘oyasini rad etgan. Biroq shu bilan birga, emlanganlarga nisbatan ham qandaydir cheklovlar kiritilishi mumkin, ammo virusga qarshi emlanmaganlar Rojdestvo va Yangi yilni “komfort sharoitlar”da kuta olmaydilar.
Avstriya yetakchisining ta'kidlashicha, mamlakatda emlash darajasi “sharmandali darajada past”. Ayni vaqtda avstriyaliklarning 65 foizi ikki doza vaksina olgan va bu Yevropadagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Avstriyada oxirgi 7 kun ichida 67 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan va bu mamlakat uchun yangi antirekord hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025